615 01.01.1970
Mutolaa madaniyati jamiyatni yangi bosqichga olib chiqish, farzandlarimizni barkamol tarbiyalash, ularning o‘zligini anglab yetishining muhim omili, albatta. Lekin o‘qiganda ham, sara, haqqoniy, hayotiy asarlarni o‘qish, qabul qilish kerak. U xoh matbuot bo‘lsin, xoh badiiy asar unda faqat haqiqat yoritilishi, yolg‘on aralashmasligi lozim. Ana shunda badiiy adabiyotning haqiqiy kuchi namoyon bo‘ladi.
Oilaviy muhit va kitob bolaning kelgusidagi istiqbolini belgilab beruvchi katta kuchdir. O‘z hayotimdan misol keltiray: uyimiz to‘rida mo‘tabar yaratiq sifatida kitoblar turardi. Turli tillardagi gazetalar kelardi. Men ularni o‘qishga ishtiyoqmand edim. Bundan tashqari, otam uyda qiroat bilan g‘azal o‘qirdilar. G‘azal o‘qiyotganlarida otamning yuzidan ham mehr, ham nur ufurib turardi. Insonga kitobning ta’sirini bolalar o‘z otasida, onasida ko‘rmasa, qayerda ko‘radi? Kitobga muhabbatni otamizdan va onamizdan o‘rganganmiz. O‘sha paytda o‘qib chiqqan kitoblarim ro‘yxati menda hali ham saqlanib turibdi. Onam menga “o‘qib chiqqan kitoblaringni bir daftarga yozib qo‘ygin, bolam”, der edi. Men yozib qo‘ygan ekanman. Onaning yosh bolaga e'tiborini qarang...
2017-yilning fevral oyida yozib olingan suhbatdan.
Aziz QAYUMOV,
Partiyaning 1995-1996 yillardagi birinchi raisi,
Filologiya fanlari doktori,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi
“Milliy tiklanish” gazetasining 2025-yil 4-iyun sonidan olindi