Yangiliklar


85

O‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini

Partiyaning Sirdaryo viloyati Kengashi tomonidan 1 oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘qituvchilar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Respublika “Zakovat” intellektual klubi bilan hamkorlikda ikki bosqichda o‘tkazilgan bellashuvda viloyatning eng faol o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Qizg‘in bahslar yakunida Guliston shahar jamoasi 1-o‘rin, Sirdaryo tumani 2-o‘rin, Xovos tuman jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi. G‘oliblarga partiyaning viloyat Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.