Yangiliklar


72

Kadrlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Maʼlumki, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan kadrlarni tanlash tartibi bo‘yicha o‘ziga xos yondashuv asosida ish tashkil etilgan. Bu borada partiya Markaziy Kengashi qoshida Kadrlar komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 

Bugun komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

Bu safar hududiy partiya tashkilotlari, jumladan, partiyaning Buxoro, Jizzax, Xorazm, Samaqand, Navoiy va Andijon viloyatlari Kengashlarida bo‘shab qolgan o‘rinlarga ko‘rsatilgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Avvalo nomzodlarning bilim va salohiyati, taklif qilinayotgan lavozimiga munosibligi, jumladan, partiyalar va ularning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki bo‘yicha munosabatlariga eʼtibor qaratildi. So‘ngra mamakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan muhim o‘zgarishlar va qabul qilingan huquqiy hujjatlar, bugun xalqaro hamjamiyatda bo‘layotgan voqeyliklar jarayoni haqida bilim va ko‘nikmalari nazoratdan o‘tkazildi.

O‘zaro suhbatlardan so‘ng, albatta, qaysidir nomzod yangi lavozimga munosib ko‘rildi, qaysidir nomzod ko‘rilmadi.