Yangiliklar


84

Bosh Qomusimiz xalqchillashyapti...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Odiljon Tojiyevning yozishicha, shu kunlarda masʼul qo‘mitalar fuqarolardan kelib tushgan 150 mingdan ortiq takliflar asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasini maromiga yetkazmoqdalar. Qayd etilishicha, kelib tushgan takliflar asosida qonun loyihasiga yana bir qancha yangi normalar kiritilishi nazarda tutilyapti.

Masalan, Konstitutsiyamizning 26-moddasiga: shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi bilan bog‘liq qism qo‘shilmoqda. Bundan tashqari, bir qator moddalarni ham yangilash, ularga qo‘shimcha normalar kiritish rejalashtirilayotganini ham aytish joiz.

Jumladan, Konstitutsiyaga 371 -moddasi kiritilmoqda. Unda quyidagi mazmundagi bandlar bor: Davlat fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi.

Davlat fuqarolarning bandligini taʼminlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etadi va rag‘batlantiradi. 41-modda.

Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining rivojlantirilishini taʼminlaydi.

Aytish joizki, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining masʼul qo‘mitalari, Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari, ekspertlar guruhlarida xalqimizdan kelib tushgan har bir taklif yuzasidan qizg‘in bahsmunozaralar davom etmoqda. Loyihaga kiritilayotgan yangi normalar haqida xabardor qilib boramiz.

 

 

Odiljon Tojiyev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari

"Milliy tiklanish" gazetasining 2022-yil 21-sentabr sonidan olindi