579 13.06.2025
Partiya tashabbusi bilan aholini, yoshlarni yeguliklarni isrof qilmaslikka undash, to‘g‘ri ovqatlanishga o‘rgatish va bu borada targ‘ibotni kuchaytirish maqsadida tashkil qilingan "Toza likopcha" aksiyasi joylarda qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, Samarqand viloyati Kengashi faollari Siyob bozorida bo‘lib, jamoatchilikka aksiyaning mazmun-mohiyati haqida maʼlumotlar berdi.
Taʼkidlash lozim, aksiya bozor maʼmuriyati, sotuvchi va xaridorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.