947 14.06.2025
Toshkent yana dunyo nigohini o‘ziga qaratdi. Poytaxtda o‘tgan Xalqaro investitsiya forumi – bu shunchaki rasmiy yig‘in emas, balki O‘zbekistonning yangi sahifasi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev so‘zida bugungi zamonda hamkorliksiz taraqqiyot bo‘lmasligini qat’iy ta’kidladi. U bu forumni – ochiqlik, ishonch va kelajakka ishonch timsoli sifatida namoyish etdi.
Yevropa mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar soni va investitsiyalar portfeli ko‘payib borayotgani, faol madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm almashinuvlari yo‘lga qo‘yilganligi ayni dolzarb ahamiyatga ega.
Yangi qonunlar, investorlar uchun yengilliklar, “yashil iqtisodiyot”ga qadamlar – bularning bari Vatanimizga sarmoya jalb qilish, xalq farovonligini oshirishga qaratilgan. Elektr energiyasi, to‘qimachilik, transport va qurilishdagi yirik loyihalar orqali O‘zbekiston bugun ishonchni qozonmoqda. Rasmiylar va biznes vakillari ishtirokida qabul qilingan salmoqli investitsiya qarorlari, loyihalar orqali istiqbolli ko‘rilmoqda.
Jumladan, “International Hospitals Group” boshqaruvi raisi Chester King bilan klinika qurish rejalari, shuningdek, O‘zbekistondagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish masalalari; Toshkent-sitida “LVMH” flagman do‘konini ochishni tezlashtirish muhimligi, O‘zbekistondagi ipak va tabiiy xomashyo ishlab chiqaruvchilarni kompaniyaning ta’minot zanjiriga kiritish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xulosa qilib aytganda, forum – bu kelajakka yo‘l. Unda O‘zbekiston “ochiq eshiklar siyosati” orqali nafaqat investitsiya, balki umuminsoniy hamkorlik sari yurayotganini isbotladi.
Otabek JIYANBOYEV,
Toshkent shahar Kengashi raisi