597 15.06.2025
Sarmoyadorlar uchun siyosiy barqarorlik va investitsiyaviy xavfsizlik kafolati har doim muhim bo‘lib kelgan. Ayniqsa, bugungi tezkor giyosiyosiy o‘zgarishlar zamonida bu shartlar hayot-mamot masalasiga aylandi.
Shu maʼnoda, Toshkent xalqaro investitsiya forumi minglab yuqori martabali vakillar, nufuzli moliyaviy institutlar, biznes olami namoyandalarini birlashtirgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buni tom maʼnoda Yangi O‘zbekiston islohotlariga berilgan baho, mamlakatimizda uzoqni ko‘zlab yuritilayotgan oqilona siyosatga munosabat va ishonch namunasi desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Go‘zal SAMIYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
“Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi