684 16.06.2025
Amaldagi qonunda nashriyot bosh muharririning maqomi va talablari belgilanmagani bois, kitoblarni axloqqa zid maʼlumotlar, yaʼni bolalar ongiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi jumlalar bilan chop etish holatlari ko‘paygan. Masalan, bolalar uchun chiqarilgan “Hunarli xor bo‘lmas” kitobida 153 marotaba o‘lim bilan bog‘liq vaziyat ifodalangan. Ayrim kitoblarda tarixiy faktlar, tibbiyotga oid maʼlumotlar noto‘g‘ri berilmoqda.
Zuhra Mirg‘oziyeva: ana shunday kamchiliklar eʼtiborga olinib, amaldagi noshirlik bilan bog‘liq qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.