1009 17.06.2025
Fraksiyaning navbatdagi yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-iyun kuni islohotlar natijadorligi masalasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi muhokama qilindi. Tan olish lozim, odamlarning yashash sharoiti o‘n yil oldingiga qaraganda keskin o‘zgardi. Oddiy misol: bir paytlar katta noroziliklarga sabab bo‘lgan elektr energiya bilan bog‘liq muammo hal qilinib, bugun ortiqcha quvvatni eksport qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.
– O‘zbekiston har jihatdan o‘zgarayotganini, iqtisodimiz o‘sayotganini odamlarga to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak va bu jarayonda xalq vakillari – deputatlar faol bo‘lmog‘i lozim, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.