Farg‘onada ham imzo to‘plashga kirishildi


13     02.08.2024

  Vodiyning eng aholisi zich hududi sanalgan Farg‘onada imzo to‘plash jarayoniga kirishilgan.

  Islom Karimov nomidagi Farg‘ona teatr va konsert saroyida tashkil etilgan tadbirda yuzlab fuqarolar bo‘lajak saylovda partiyamiz ishtirokini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, imzo varaqalarida o‘z niyatlarini tasdiqladilar.

  Partiyaning Farg‘ona viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Abror Husainovning aytishicha, yurtdoshlarimizga saylov qonunchiligiga ko‘ra, imzo varaqasi imzoni to‘plagan shaxs tomonidan o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilgan holda to‘ldirilishi to‘g‘risida maʼlumotlar berilyapti. Shuningdek, tegishli siyosiy partiyaning tuman, shahar tuzilmasi rahbari tomonidan muhr bosib tasdiqlanishi tushuntirilmoqda.