Har bir murojaat – bu xalqning ovozi


780     19.06.2025

Prezidentimiz rahbarligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, aholi murojaatlariga eʼtiborni kuchaytirish, joylarda ijro intizomini oshirish bo‘yicha qatʼiy va aniq topshiriqlar berildiki, bu xalq manfaatini eng oliy mezon sifatida belgilayotgan davlat siyosatining amaliy ifodasidir. Endilikda murojaatlarning “Xalq nazorati” elektron portali orqali nazorat qilinishi bu, shubhasiz, boshqaruvda hisobdorlik, shaffoflik va natijadorlikni taʼminlaydi.

Deputat sifatida taʼkidlamoqchimanki, har bir murojaat – bu xalqning ovozi. Bu ovoz eshitilishi, tahlil qilinishi va eng muhimi, amaliy yechim topishi shart. Mahalliy rahbarlarning shaxsiy javobgarligi va tashabbusi aynan shunday mezonlar orqali baholanishi esa eng to‘g‘ri va odilona qarordir.

 

Nazira Muxtorova,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
“Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi a’zosi