1101 19.06.2025
“Milliy tiklanish” partiyasining 30 yilligi Qoraqalpog‘istonda ham keng nishonlandi. Bayram tadbiri hunarmandlarning milliy buyumlari, rassomlarning tasviriy sanʼat ko‘rgazmasi hamda yosh baxshilarning kuy-qo‘shiqlari sadosi ostida o‘tdi.
So‘zga chiqqanlar 30 yil tarix uchun juda qisqa vaqt bo‘lsada, lekin partiya g‘oyasi, taklif va tashabbuslari bilan amalga oshirilgan ishlar ko‘lami ulkan bo‘layotganini taʼkidladilar.