8 02.08.2024
Xabar qilinganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga saylovlar o‘tkazilishi munosabati bilan partiyaning hududiy Kengashlarida bo‘lajak muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘quvlar tashkil qilinmoqda.
Tuman va shahar Kengashlari raislari ishtirokida o‘tgan ana shunday o‘quvlardan biri Termiz davlat universitetida tashkil qilindi.
O‘quvni partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova ochib, yig‘ilganlarga Yangi O‘zbekiston islohotlari talabi asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada saylov bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirishlar, partiyaning 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi ijrosi hamda joriy yilning 27-oktyabrida o‘tkazilishi belgilangan navbatdagi saylovlarning muhim jihatlari haqida maʼlumotlar berdi.
Tadbir ishtirokchilari saylov bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.