Buxoroda savodxonlik aksiyasi tashkil etildi


781     20.06.2025

Partiyaning Buxoro viloyati Kengashi hamda viloyat hokimligi tashabbusi bilan savodxonlik aksiyasi – “Ommaviy diktant” tashkil etildi. Unda viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdi.

“Ommaviy diktant” – bu nafaqat yozma savodxonlikni sinovdan o‘tkazish, balki ona tilimizning madaniy, ilmiy va ijtimoiy ahamiyatini yuksaltirishga xizmat qiluvchi keng ko‘lamli harakatdir. Tilimizni asrab-avaylash, uning uslub va qoidalariga qatʼiy amal qilish har birimizning vatanparvarlik burchimizdir.