684 23.06.2025
So‘nggi yillarda elektr energiya va gazdan noqonuniy foydalanish, ya’ni o‘g‘irlash holatlari ko‘paygan. Misol uchun: 2024-yilda 8 654 bor ana shunday holat aniqlangan. Bunga amaldagi qonunchilikda huquqbuzarliklar subyekti sifatida faqat mansabdor shaxslar nazarda tutilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlarni javobgarlikka tortish mexanizmi belgilanmagani ham sabab bo‘lmoqda.
Fraksiyada birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan bunday holatlarni sodir etganlarga nisbatan jazo choralari kuchaytirilmoqda hamda bunday holatlarni nazorat qiluvchi inspeksiya vakolati kengaytirilyapti.