Xorijdan qaytganlar qancha muddatda ko‘rikdan o‘tishi lozim?


700     23.06.2025

Uzluksiz 90 kun va undan ortiq muddatda xorijda bo‘lib qaytgan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yurtimizga kelayotgan xorijliklarni majburiy OIV va sil tekshiruvidan o‘tkazish bilan bog‘liq qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Deputat Go‘zal Samiyeva xorijdan qaytganlar necha kun ichida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim degan masalani ko‘tardi. Tashabbuskorlar buning uchun uch kunlik muddat belgilanayotganini, bunga amal qilmaganlarga maʼmuriy choralar ko‘rilishini maʼlum qildi.