Markaziy kengashda o‘quv-seminar


608     25.06.2025

Ayni paytda Markaziy kengashda O‘quv, tadqiqot va tahlil markazi tomonidan “Zamonaviy axborot makonida mafkuraviy barqarorlik va kitobxonlikning o‘rni yoxud diqqat uchun kurashda kim g‘olib: kitobmi yoki telefon” mavzusida o‘quv-seminar bo'lib o'tmoqda. Tadbir mehmoni jurnalist va publitsist Nigora Hasanova.

O‘quv-seminarda raqamli axborot jarayonida yoshlar tafakkurini shakllantirishda kitobxonlikning o‘rni, media vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning taʼsiri, shuningdek, mafkuraviy barqarorlikni taʼminlashda maʼnaviy immunitetni mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.