Partiya Xorazm viloyati Kengashining Plenumi bo'lib o'tdi


24     02.08.2024

   Bugun "Milliy tiklnaish" demokratik partiyasi Xorazm viloyati Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan Plenumida tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Ma'lumki, hozirgi vaqtga qadar viloyat Kengashi raisi lavozimi vakant bo'lib kelgan. Ushbu lavozimga bir necha nomzodlar ko'rib chiqilib, Rashid Ro'ziboyevning nomzodi Kengash muhokamasiga tavsiya etildi. 

   Rashid Ro'ziboyev hozirgi vaqtda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi az'osi, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori, tibbiyot fanlari doktoridir. 

   U o'tgan davrdagi faoliyatida Xorazmliklar uchun mehnati singan va obro'ga ega inson. So'zga chiqqan viloyat faollari ham nomzod haqida fikr-mulohazalarini bildirib, kelgusi faoliyatda partiya maqsad va vazifalarini amalga oshirishda birgalikda harakat qilishlarini ma'lum qilishdi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, viloyat Kengashi a'zolari bir ovozdan taklifni qo'llab-quvvatlab, ma'qulladilar.