624 26.06.2025
Nukus shahrida o‘rganishlar olib borayotgan deputat Ruslan Jumamuratov asosiy eʼtiborni bugun mamlakatimizda eng ustuvor masalaga aylangan yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratdi. Shu maqsadda “Shimbay shayxana” mahallasida barpo etilayotgan zamonaviy mehmonxona qurilishi jarayoni bilan tanishdi. Mazkur loyiha ishsizlik yuqori bo‘lgan mahallada yangi ish o‘rinlarini yaratishi bilan ahamiyatlidir.
Deputat mebel va temir mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Kardar” korxonasida ham bo‘ldi. Korxonani yanada kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va bunga to‘siq bo‘layotgan omillar o‘rganildi.