O‘rnak olishga va keng yoyishga arzigulik jihatlar


673     26.06.2025

Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘ona shahar hokimligida ijro tizimi vakillari bilan uchrashib, Yangi O‘zbekiston islohotlarining joylardagi ijrosi, yutuq va kamchiliklari masalasida suhbatlashdi. Migratsiya agentligining viloyat filialida esa asosiy eʼtibor xorijga arzon ishchi kuchi emas, tilni biladigan malakali mutaxassislarni tayyorlab jo‘natish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishildi.

Ishchi guruh yuqori sifatli maxsus eksportbop kiyim-boshlar ishlab chiqaruvchi "Teamdress Fergana" korxonasida ham bo‘ldi. Loyiha qiymati 3,2 mln yevroni tashkil qilgan korxonada 160 nafardan ziyod xotin-qizlar ish bilan taʼminlangan. Mutasaddilar korxonada bog‘cha faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgani bois, ayollar bexavotir mehnat qilayotganini, bu ish unumdorligi va sifat ko‘rsatkichiga ham taʼsir ko‘rsatayotganini taʼkidlashdi. Deputatlar eʼtiborini tortgan yana bir jihat: bolajonlar tushlik mahal qadriyatimiz – alla sadolari ostida uyquga yotqizilarkan.