387 27.06.2025
Markaziy kengashda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar siyosatiga nazar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar ishtirokida o‘tgan tadbirni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad yoshlar siyosatidagi dolzarb masalalar bo‘yicha yoshlarning taklif va tashabbuslarini eshitish, davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasida yanada samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, yoshlarga qaratilgan islohotlar haqida axborotlar berishdan iboratdir.
Tadbirda partiyaning 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida yoshlar siyosatiga oid ilgari surilgan taklif va tashabbuslar, ularning ijrosini taʼminlashda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar va natijalar haqida ham maʼlumotlar berildi.