480 28.06.2025
Maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 6 milliondan ziyod o‘quvchi taʼtilga chiqdi hamda yoz oylarida ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bugun eng asosiy masalaga aylandi. Xiva tumanida o‘rganishlar olib borgan Qonunchilik palatasi deputati Jumanazar Otajonov ham asosiy eʼtiborni bu borada belgilangan vazifalar ijrosiga qaratdi.
Shu maqsadda, “Xiva gulshani” oromgohida bo‘lgan deputat bu yerda bolajonlar uchun yetarli sharoitlar yaratilganiga guvoh bo‘ldi. Oromgohda malakali mutaxassislar tomonidan hunarmandchilik, musiqa, rassomchilik yo‘nalishlari hamda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.