“Milliy tiklanish” bu – shubhasiz, eng to‘g‘ri tanlov!


85     06.08.2024

   Saylov qonunchiligiga ko‘ra, siyosiy partiyalar oktyabrda o‘tkazilishi belgilangan saylovda ishtirok etishi uchun kamida 40 ming saylovchining imzosini to‘plashi zarur. Shundan kelib chiqib, “Milliy tiklanish”chilar ham 15-avgustga qadar davom etadigan imzo yig‘ish jarayonida faol ishtirok etmoqda.

   Partiyaning Namangan viloyati Kengashi ham imzo yig‘ish ishlarini izchil olib bormoqda. Jumladan, Davlatobod tumanidagi “Yangi O‘zbekiston – yoshlar ziyo maskani”ga yig‘ilgan saylovchilar “Milliy tiklanish” partiyasini qo‘llab-quvvatlab, imzo varaqasini to‘ldirdilar.

   – O‘zim “Milliy tiklanish” aʼzosiman. Partiyamizning bo‘lajak saylovda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlab, imzo qo‘ydim va bu, shubhasiz, to‘g‘ri tanlovim bo‘ldi, – deydi tadbirda ishtirok etgan Nodira Omonova.