Yangiliklar

247 28-10-2022
OKTABR – “O‘zbek tili va adabiyoti oyligi”
Ma'lumki, joriy yil 9-sentabrdan yangi tahrirda Oʼzbekiston Respublikasining “Reklama toʼgʼrisida”gi Qonuni kuchga kirdi. Unda reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatish bo'yicha bir qator talablar belgilangan. Ushbu talablarning joylardagi holatini oʼrganish maqsadida “Milliy tiklanish” partiyasi qoshidagi “Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhi tomonidan ishlar amalga oshirilmoqda.
Guruh aʼzolarining navbatdagi manzili Toshkent shahrining Olmazor tumani boʼldi. Nazorat guruhi aʼzolari va tuman hokimining davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda deputatlar bilan birgalikda "Chuqursoy" qurilish mollari bozoridagi 10 dan ortiq savdo rastalariga ilingan reklamalar bilan tanishishdi. Qonun buzilish holatlari bo'yicha tadbirkorlar ogohlantirilib, bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Mahalliy Kengash deputatlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari hamda “Til posbonlari” jamoatchilik nazorati guruhining o'rganishlari davom etadi.