772 28.06.2025
Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shaffoflikni taʼminlash, davlat idoralari va fuqarolar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarishda nodavlat tashkilotlarining o‘rni muhim ahamiyatga ega. Samarqandning Oqdaryo tumanida bo‘lgan deputat Azamat Pardayev nodavlat notijorat tashkilotlari hamda OAV vakillari bilan uchrashib, bunday institutlarni yanada faollashtirish orqali aholi manfaatlarini himoya qilish, huquqiy savodxonligini oshirish, davlat ishlarida ochiqlikni taʼminlash masalalarini muhokama qildi.
Deputat Dahbed mahallasidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan ham tanishib, bolajonlarning bilimini oshirish, maʼnaviyatini yuksaltirish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni o‘rgandi, masʼullarga bu borada o‘z tavsiyalarini berdi.