Narx oshishiga sabab bo‘luvchi loyiha rad etildi


279     30.06.2025

Yig‘ilishda birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan qurilish oynasi chiqindilarini qayta ishlash va buning uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish taklif etilyapti. Oyna chiqindilari nafaqat atrof-muhitga, inson salomatligiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatyapti. 

Deputatlar bu loyiha importga taʼsir qilishi va natijada narx oshib ketishi mumkinligidan kelib chiqib, qonun loyihasini maʼqullamadi. Maʼlumotlarga ko‘ra, yiliga 400 ming tonna qurilish oynalari chiqindilari yig‘iladi va atigi uning 9 foizi qayta ishlanadi xolos.