711 30.06.2025
Maʼlumotlarga qaraganda, bugungi kunda dala chetlari va ariq-zovur bo‘ylaridagi 40 ming gektar yerga ekin ekilmagan. Fraksiyada muhokama qilingan qonun loyihasi bilan ushbu yerlardan foydalanmaganlarga nisbatan jarima solish taklif etilyapti. Deputatlar bu qonun loyihasini ham maʼqullamadi.
Bekmirza Eshmurzayev: bugun suv muammosi, sho‘rlanish kuchayayotgan bir paytda jarima belgilash qanchalik to‘g‘ri. Agar tabiiy muammolar bo‘lmasa, dehqonning o‘zi yerdan samarali foydalanadi. Mazkur muammoni avvalo targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan yechish lozim.