727 02.07.2025
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Davlatimiz rahbari ishtirokida o‘tgan ochiq va samimiy muloqotda ko‘tarilgan masalalar va taqdim etilgan tashabbuslar yoshlar hayotiga faqat “ruhiy motivatsiya” emas, balki aniq resurslar, yo‘nalish va mexanizmlar bilan kirib kelayotganining dalilidir.
Yoshlar bu yilgi bayramni oddiy tadbir yoki shiorlar bilan emas, amaliy ishlarga yo‘naltirilgan strategik tashabbuslar bilan qarshi olganini alohida taʼkidlamoqchiman.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar har bir orzusi bor va tinmay harakat qilayotgan yoshlar uchun haqiqiy kuch hamda ilhom manbai bo‘ldi.
Har yili 3 ming nafar eng salohiyatli o‘quvchilarimiz Harvard kabi dunyoning eng nufuzli universitetlariga tayyorlanadi! Bu – endi orzu emas, bu real imkoniyat!
“TOP-300” talik universitetlarga kirgan yoshlarga imtiyozli taʼlim kreditlari ajratiladi. Endi moliyaviy to‘siqlar orzularimiz yo‘lida g‘ov bo‘la olmaydi!
Kasbiy musobaqalarda qatnashgan 100 ming nafar yosh xorijiy mamlakatlarda stajirovka o‘taydi! Bu yoshlar salohiyatini global maydonga olib chiqish demakdir!
Barcha yoshlar kabi men ham ishonaman, har birimizning kuchimiz va bilimimiz O‘zbekistonni yanada yuksak marralarga olib chiqadi. Bu faqat shior emas. Bu – bizning haqiqatimiz, vazifamiz!
Sagina ZARIFOVA,
Yoshlar parlamenti aʼzosi