Mahallada kutubxona tashkil etildi


416     02.07.2025

Partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlarni kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Termiz tumanidagi "Nurli diyor" mahallasida kichik kutubxona faoliyatini boshladi. 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil qilingan ziyo maskaniga viloyat kengashi, deputatlar, Yoshlar parlamenti aʼzolari, partiya faollaridan yig‘ilgan badiiy kitoblar topshirildi.

Shuningdek, viloyat Kengashi tomonidan partiyaning “Eski kitobni ber” aksiyasi doirasida oilalarga kitob va esdalik sovg‘alari tarqatildi.