O‘quvlar davom etmoqda


49     06.08.2024

 

   Partiyaning Qashqadaryo viloyati Kengashida tashkil qilingan o'quvda tuman va shahar Kengashlari raislari ishtirok etib, unda saylov jarayoni va unga tayyorgarlik ko‘rish, bu borada zarur bilim va ko‘nikmalarni oshirish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.

   O'quv ishtirokchilariga saylov qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar va aralash saylov tizimi haqida ma'lumotlar berilib, partiyaning 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi ijrosi muhokama qilindi.

   – Bunday o‘quvlarning ahamiyati shundaki, partiyamiz vakillari bugun o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarini ertaga saylovchilarga yetkazishda, bo‘lajak siyosiy tadbirning xalqaro talablar asosida o‘tishida, eng asosiysi, partiyamizning bosh maqsadiga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova.