Ikkinchi chorak yakunlari muhokama qilindi


895     08.07.2025

Markaziy kengashda Yoshlar parlamentidagi "Milliy tiklanish" guruhining ikkinchi chorak yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda partiyaning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda Yoshlar parlamenti aʼzolari oldida turgan muhim vazifalar, yoshlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining hududlardagi o‘rganishlarida ishtiroki hamda ularning qonun loyihalariga takliflar berishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, "Kitob marafoni" loyihasi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.