Yangiliklar


230   10-11-2022

"Noyabr – tibbiy madaniyatni oshirish oyligi"

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Qorovulbozor tuman Kengashi hamda tuman Kengashi deputatlari tashabbusi bilan partiyaning "Noyabr – tibbiy madaniyatni oshirish oyligi" doirasida eng chekka hududlaridan biri hisoblangan “Navbahor” mahallasida tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Asosan ehtiyojmand va kam taʼminlangan oila vakillari malakali shifokorlar qabulida bo‘lib, sog‘ligini tekshiruvdan o‘tkazdilar, ko‘rsatma va maslahatlar oldilar.