Maqsad eng yuqori natijaga erishish


98     06.08.2024

   – Maqsadimiz saylovda eng yuqori natijaga erishish ekan, buning uchun barchamiz bir kuch bo‘lib, hamjihatlikda partiyamiz tashabbus va g‘oyalarini yanada kengroq targ‘ib qilishimiz lozim, – dedi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Mamatxonov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida o‘tkazilgan o‘quvda.

   Partiyaning Qoraqalpog'iston Republikasi hamda Xorazm viloyati tuman va shahar Kengashlari raislari ishtirokida o‘tgan o‘quvda soha mutaxassislari tomonidan saylovlarning ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga saylov bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar, imzo yig'ish jarayonida e'tibor berilishi kerak bo'lgan vazifalar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

   Shuningdek, partiyaning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi ijrosi tahlil qilinib, savollarga javoblar qaytarildi.