Yangiliklar


373   11-11-2022

“Kitobsevar ayollar” gurungi

Maʼnaviy dunyoqarashimizni yuksaltirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, insonlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, kitob mutolaa qilganlarni rag‘batlantirish maqsadida partiyaning xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashidagi deputati Mashhura Karimova tashabbusi bilan “G‘oyibon” mahallasi ayollari ishtirokida “Kitobsevar ayollar” nomli mutolaa kechasi tashkil etildi.

Onaxonlar bir piyola choy ustida diydorlashdilar, turli mavzuda o‘qigan kitoblari bo‘yicha fikr almashdilar.

 – Bunday uchrashuvlar, mutolaa kechalarini tashkil etishdan  maqsadimiz mutolaada farzandlarimizga o‘rnak bo‘lish, ularga munosib taʼlim-tarbiya berish, dunyoqarashini o‘zgartirish, kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish, jamiyatimizga, ota-onasiga nafi tegadigan yetuk malakali mutaxassislar qilib tarbiyalashdan iboratdir, – dedi M.Karimova.