Yangiliklar


295   11-11-2022

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar turkiy tilli davlatlardan keldi

O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlarning 60 foizini turkiy tilli davlatlar – Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan qardoshlarimiz tashkil etmoqda.

Jumladan, Turkiyadan kelgan sayyohlar soni 2021-yilda 44 mingdan ortiq bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning 9 oyida bu ko‘rsatkich qariyb 57 mingga yetdi. Ozarbayjondan o‘tgan yili 2 ming 890 nafar, 2022-yilning 9 oyida 5 ming 414 kishi tashrif buyurgan.

Qirg‘izistondan esa 2021-yilda 652 ming nafar, shu yilning 9 oyida bu raqam 920 ming kishini tashkil etdi. Jami sayyohlarning 30 foizi esa qozog‘istonlik turistlar hisoblanadi.