Yangiliklar

228 14-11-2022
“Deputat va yoshlar” uchrashuvi
Toshkent davlat transport universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ishtirok etgan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Farida Bo‘tayeva so‘zga chiqib, yoshlarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va fraksiyalar faoliyati, qonunlar va ularning tayyorlash, qabul qilinish jarayoni bilan tanishtirdi. Jumladan, Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar zaruratiga to‘xtaldi, yangi tahrirda qabul qilingan Mehnat kodeksi mazmun-mohiyati, deputatlik masʼuliyati, saylovchilar oldidagi majburiyatlari haqida gapirdi.
Shuningdek, yoshlarni “Milliy tiklanish” partiyasi maqsad va vazifalari, Saylovoldi dasturi bilan tanishtirib, partiya tomonidan yoshlarga vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida taʼlim-tarbiya berish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumotlar berdi. Bu borada ishtirokchilarning savollariga javob qaytardi.
– Deputat bo‘lish uchun bugungi yoshlarimiz yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘qishi, o‘rganishi, ayni o‘zgarishlar jarayonida faol qatnashmog‘i lozim. Avvalo o‘z xalqini, Vatanini sevishi, milliy qardriyatlarimiz, urf-odatlarimizni asrab-avaylashi kerak, – dedi F.Bo‘tayeva.
Uchrashuv yakunida sheʼrlaridan o‘qib, tadbirda o‘zining savollari, fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etgan talabalarni partiyaning esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.