165 06.08.2024
Partiyaning Andijon viloyati, tuman va shahar Kengashlarida imzo yig'ish jarayonlari bo'yicha tizimli ish olib borilyapti.
Andijon shahrida o‘tkazilgan ana shunday tadbir avvalida saylovlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ahamiyati, saylov qonunchiligidagi so‘nggi o‘zgarishlar hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ko‘tarilayotgan taklif va tashabbuslar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Savollarga javob qaytarildi.
– Imzo yig‘ishda faol va tashabbuskor aʼzolar kuchiga tayanyapmiz. Joylardagi Boshlang‘ich partiya tashkilotlari raislari, mahalliy Kengash deputatlari, “Ayollar va yoshlar” qanoti atrofida birlashgan fidoyi aʼzolarimiz ko‘magi bilan qamrovni kengaytiryapmiz, – dedi partiya viloyat Kengashi raisi Hamidjon Omanov.