Xavfsiz mahalla tizimini joriy etishga qaratilgan tashabbus


1552     14.07.2025

Fraksiya yig‘ilishida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Tashabbuskorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-son qarori bilan viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat og‘ir tuman (shahar)lar mahallalarida xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari profilaktika kichik inspektori lavozimini kiritish ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularga bir qancha vazifalar yuklatilgan.

Biroq hozirgi qonunchilik yuqoridagi vazifalarni bevosita amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birga bugungi kunda, profilaktika inspektorlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalardan tashqari, patrul-post xizmati saf bo‘linmalari tomonidan aniqlangan maʼmuriy huquqbuzarliklarni o‘rganib chiqish va qaror qabul qilishlari lozim bo‘lib, bu ularning ish yuklamasi ortishiga hamda ushbu sohada xizmatga doir ayrim muammolar yuzaga kelmoqda. Eng asosiysi taklif etilayotgan Qonun loyihasi bilan yangi joriy etilgan profilaktika bosh inspektori va profilaktika kichik inspektorlari xizmat faoliyatlari uchun huquqiy asos yaratiladi.