Yangiliklar


70

Rahbarlarni bezor qilgan deputat maqsadiga erishdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat Zuhra Paluanovaning deputatlik so‘rovi bilan Nukus shahrining “Oy ao‘il” hududi aholisi nihoyat gaz bilan taʼminlanadigan bo‘ldi. Ayni paytda deputat nazorati ostida 1 kilometrli gaz quvuri tortilmoqda.

– Albatta, chorak asrdan buyon hal qilinmay kelingan bu masalani yechish oson bo‘lmadi. So‘rov chiqardik, amaliy natijaga erishish uchun tinimsiz masʼul rahbarlarning eshigini taqillatib turdik va maqsadimizga erishdik, – dedi deputat.