Yangiliklar


42

Hunarsiz ayollarni hunarli qilayotgan loyiha

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining “Xizmat – beminnat” loyihasi yoshlar hamda ishsiz xotin-qizlarga qulay imkoniyatlarni taqdim etishda davom etmoqda. Yaʼni, yigit-qizlar loyiha doirasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan o‘quv va hunarmandchilik kurslarida bepul bilim olib, til o‘rganmoqda, hunarli bo‘lyapti.

Jumladan, partiyaning Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tashabbusi bilan “Noqis” mahallasida faoliyatini boshlagan tikuvchilik yo‘nalishi qo‘lida hunari bo‘lmagan xotin-qizlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Endi tikuvchilikni o‘rganish istagida bo‘lgan  kattaqo‘rg‘onlik ayollar bepul kursga qatnab, bichish-tikish sirlarini o‘rganmoqdalar.

 

Javohirbek Shamsutdinov,

partiyaning Kattaqo‘rg‘on shahar

Kengashi ijrochi kotibi