Jizzaxda mintaqaviy o'quv tashkil qilindi


102     06.08.2024

   Partiyaning Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tuman va shahar Kengashlari raislari uchun Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘quv tashkil qilindi.

   Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar saylovi munosabati bilan o‘tkazilgan o‘quvda soha mutaxassislari tomonidan siyosiy tadbirning Yangi O‘zbekiston islohotlaridagi ahamiyati, Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar, jumladan, majoritar va proporsional tizimning mazmun-mohiyati hamda partiya faoliyati bilan bog‘liq masalalarda maʼruzalar qilindi.

   O‘quvda ishtirok etgan partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining Saylovoldi dasturi ijrosi haqida gapirib, belgilangan vazifalar deyarli bajarilganini qayd etdi.

   – Mamlakatimizdagi islohotlar xalqimizning siyosiy tafakkuri, qarashlarini ham butkul o‘zgartirdi. Shu jihatdan bo‘lajak saylov avvalgilariga qaraganda har jihatdan yuksak saviyada, kuchli raqobat muhitida o‘tishi aniq. Shu bois, barchamiz bir kuch bo‘lib, partiyamiz tomonidan amalga oshirilgan ishlar, g‘oya va maqsadlarini ko‘proq targ‘ib qilishimiz lozim, – dedi Feruza Muhammedjanova.