Yangiliklar


125   28-11-2022

Bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi

Partiyaning Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi tashabbusi bilan "Tibbiy madaniyatni oshirish oyligi" doirasida bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh nevrologi, partiyadan xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashiga saylangan deputat Yoqutxon Majidova yordami bilan tashkillashtirilgan tibbiy ko‘rikdan asosan keksa, kam taʼminlangan oila vakillari o‘tkazildi. Malakali shifokorlar tomonidan muolaja bo‘yicha maslahatlar berilib, ayrimlarga davolanishi uchun yo‘llanmalar ham taqdim etildi.