102 06.08.2024
– Aholimizning 60 foizga yaqinini yoshlar tashkil etishini hisobga olsak, bugungi muhim tadbir – imzo yig‘ish jarayonlarida ham tengdoshlarim faolligi bejiz emasligini ko‘ryapman, – dedi Nukus shahridagi Markaziy amfiteatrda tashkil etilgan imzo yig‘ish jarayonida ishtirok etgan Bayrambay Do‘stmuratov. – Biz yoshlarga nima kerak? Tinch o‘qisak, o‘zimiz xohlagan sohada ishlasak, oila qurib, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shsak deymiz. Ana shularni o‘ylab “Milliy tiklanish” uchun imzo qo‘ydim. Chunki bu partiyaning asosiy g‘oyalarida taʼlim-tarbiya va yoshlar masalasi ustuvor.
Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 200 nafarga yaqin aʼzolar, mahalla vakillari hamda yoshlar ishtirok etib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etishi uchun “Milliy tiklanish” demokratik partiyasini qo‘llab-quvvatlab imzo chekishdi.