4926 01.08.2025
Yangihayot tumanidagi “Marhamat” mahalla fuqarolari bilan uchrashgan deputat Vasila Fayziyeva to‘y-hasham, maʼraka va marosimlarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarni muhokama qildi. Aytish kerakki, to‘y, ma'raka va urf-odatlar xalqimiz uchun qadriyat darajasiga ko‘tarilgan marosimlar sanalib, unda mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik mujassam.
Afsuski, keyingi paytlarda ushbu marosimlar azaliy qadriyatlarimizdan ancha uzoqlashib, faqat dabdaba va hashamni ko‘z-ko‘z qilish vositasiga aylanib bormoqda. Albatta bunday holatlarga o‘z vaqtida chek qo‘yilishi kerak!