3230 01.08.2025
Vardonze Shofirkon tumanidagi tarixiy obida bo‘lib, VI–XIX asrlarga oid madaniy meros sanaladi. U o‘z vaqtida Vardonxudotlar qarorgohi, keyinchalik esa mustaqil podsholikning markazi ham bo‘lgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maxsud Muhammedov o‘rganishlari davomida ushbu obyektda bo‘lib, soha mutaxassislari bilan Vardonzeni turizm marshrutlariga kiritish, yodgorlikka yaqin hududda turizm obyektlarini tashkil etish, shuningdek, yodgorlikning master rejasini ishlab chiqish bo‘yicha qator masalalarni muhokama qildi. Bu borada tegishli amaliy ishlarni boshlash bo‘yicha kelishib olindi.