"Mingtepa" – buyuk dovon, qadimiy qal’a, tarixga tutash muzey


8472     01.08.2025

Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruh buyuk dovon hamda qal’a devori vazifasini bajargan “Mingtepa” ochiq osmon ostidagi muzeyida bo'ldi. Mazkur muzey 2013-yilda Marhamat tumanida tashkil etilgan bo'lib, unda qadimiy shaharning uzoq moziydan to yaqin tarixigacha bo‘lgan davrini aks ettiruvchi nodir eksponatlar, asori-atiqalar, fotosuratlar, 2-2,5 ming yillik tarixga ega qal’alar maketlari va qadimiy qo‘lyozma asarlari jamlangan.

- Mingtepa – bu oddiy xaroba emas, balki o‘z zamonida madaniyatlar chorrahasida joylashgan, buyuk dovon va mustahkam qal’a devori bo‘lgan shahar. Uni tiklash va kelajak avlodga yetkazish bizning mas’uliyatimizdir, – dedi Alisher Qodirov.
 
Ma'lumki, "Mingtepa" – tarixiy xotira, davlatchilik ildizlari va milliy o‘zlik timsoli sifatida xalqimizga xizmat qilmoqda. Bu ochiq osmon ostidagi muzey sifatida yoshlar tarbiyasida, milliy ong va g‘ururni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.