96 07.08.2024
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialida o‘tkazilgan imzo yig'ish tadbirida 300 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etib, bo‘lajak saylovda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ishtirokini qo‘llab-quvvatlab imzo chekdilar.
– Shu yurtning bir fuqarosi sifatida turmush o‘rtog‘im bilan milliy qadriyatlar, ayniqsa, til, tarbiya masalalarini ko‘tarayotgan “Milliy tiklanish” partiyasini yoqlab imzo chekdik, – dedi “O‘zbekiston” mahallasida yashayotgan Malika Komilova.
Imzo to‘plash jarayoni 15-avgustga qadar davom etadi.