1029 11.08.2025
Keyingi yillarda hakamlik sudlari tomonidan o‘z vakolatiga kirmaydigan nizolar bo‘yicha noqonuniy qarorlar qabul qilish holatlari ko‘paygan. Bunga hakamlik sudlarini tashkil etishdagi taʼsirchan talablar, shuningdek, bu borada malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi yo‘qligi sabab bo‘lmoqda. Misol uchun: 2019–2023-yillarda ushbu sudlar tomonidan 870 ta noqonuniy qaror chiqarilgan.
Fraksiya yig‘ilishida ikkinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan aynan ushbu masalalar tartibga solinmoqda. Maʼlumotga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda 287 ta hakamlik sudi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularda 1 500 dan ortiq hakamlik sudyalari faoliyat yuritmoqda.