Imzo to‘plashda “Milliy tiklanish” faol


195     07.08.2024

 

   “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashida “Saylov–2024” bilan bog‘liq dastlabki tadbirlar natijasi muhokama qilindi. Unda parlament va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovning eng muhim bosqichi – joylarda imzo yig‘ish ishlari tahlil qilindi.

   Jumladan, imzo yig‘ishni tashkil qilish, saylovchilarga yetarlicha maʼlumotlar berish, bu jarayonni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, hududiy partiya tashkilotlaridan imzo varaqalarini qabul qilib, belgilangan muddatda Markaziy saylov komissiyasiga topshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

   Maʼlumotlarga qaraganda, shu kungacha imzoning 51 foizi yig‘ib bo‘lingan.