500 03.09.2025
Partiya fraksiyasining bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi O‘zbekiston Prezidentining Xitoyning Tyanszin shahri mezbonlik qilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtiroki muhokamasi bilan boshlandi.
Maʼlumki, Davlatimiz rahbari rasmiy tashrif doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashdi.
– Xitoyning dunyoga mashhur kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv, shubhasiz, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiya va yuqori texnologiyalarni kiritish hamda mamlakatimizning global rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.